19:25 / 26.10.2016
4085

Mahrez: "Oltin to‘p"ga da'vogarlar qatorida ekanligimdan faxrlanaman

Foto: EPA

"Lester" yarim himoyachisi Riyad Mahrez "Oltin to‘p"ga da'vogarlarlik qilayotgan qilayotgan 30 nafar futbolchi orasida borligiga o‘z munosabatini bildirdi.

"Bu men uchun katta sharaf. "Lester"ga o‘tishimdan avval, qaysi jamoada bo‘lganimni inobatga olsak, eng yaxshilar qatoriga kirganimdan faxrlanaman. Ammo, men osmonlarda uchib yurmayman. Mehnat qilishda davom etaman", - deydi Mahrez Daily Star nashriga bergan intervyusida. 

Manba: Tribuna.Uz

Mavzuga oid
Top