22:19 / 26.10.2016
10814

OAV: Pentagon 20 yil ichida yo‘q qurol uchun 60 mlrd dollar sarflagan

Foto: © AFP

AQSh mudofaa vazirligi oxirgi 20 yil ichida oxir-oqibat yaratilmagan qurol tizimlari uchun kamida 58 mlrd dollar sarflagan. Bu haqda Washington Examiner xabar bermoqda

AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Frenk Kendall hisobotida qurol yaratishning 23 ta qimmatbaho dasturi haqida ma'lum qilingan. Bu dasturlar boshlangan va moliyalashtirilgan, biroq keyin yopilgan.

Eng qimmatbaho va maqsadga muvofiq bo‘lmagan loyihalar AQSh kelajak jangovar tizimini va RAH-66 Comanche ko‘p maqsadli razvedka-zarba beruvchi vertolyotini yaratish bo‘lgan. Ularga umumiy hisobda 30 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ketgan.  

Pentagon vakillari barcha mablag‘ bekorga sarflanmaganini, chunki dastur yopilsa-da, u davomida yaratilgan texnologiyadan boshqa qurol tizimlarida foydalanilishi mumkinligini aytishgan. 

 

Mavzuga oid
Top