15:36 / 26.10.2016
7976

Odamlarning puliga xiyonat qilgan elektr tarmoqlari hudud nazoratchisi sud oldida javob berdi

Q.Anorboyev o‘tgan yilning sentabr-noyabr oylarida Zafarobod tuman elektr tarmoqlari korxonasida hudud nazoratchisi bo‘lib ishlagan. U shu tumanda Birlik qishloq fuqarolar yig‘ini aholisining elektr hisoblagichlarini tekshirib, nazorat qilar edi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

U “Olmazor” mahallasida yashovchi fuqarolar – Xurshida Ulashevadan 170 ming so‘m, Dilmurod Boshmonovdan 147 ming so‘m, Saydulla Nazarovdan 30 ming so‘m, O‘g‘iloy Artiqboyevadan 60 ming so‘m, Hayitgul Musurmonovadan 70 ming so‘m, Xayrulla Aliboyevdan 100 ming so‘m, Adiba Haqqulovadan 300 ming so‘m pul yig‘ib oldi. 
Afsuski, u olingan naqd pul mablag‘larini korxona xazinasiga kirim qilmay, o‘z nafsi yo‘lida ishlatib yubordi.

Tergov davomida Q.Anorboyev sodir etgan jinoyatini tan olib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni to‘liq qoplab berganligini, qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi va odil sud hukmi bilan qilmishiga yarasha jazo oldi.

Mavzuga oid
Top