20:13 / 26.10.2016
9967

Savchenko Rossiya FXXning xushmuomala xodimlarini maqtab qo‘ydi

Foto: Twitter .com@alstapach

Ukraina Yuqori Rada deputati Nadejda Savchenko Rossiya FXX chegara boshqarmasi xodimlari u bilan juda xushmuomala bo‘lganliklarini aytdi. Bu haqida parlamentariy 26 oktabr, chorshanba kuni NewsOne kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

Savchenko jurnalistning "Rossiyaga safar chog‘ida qiyinchiliklar bo‘lmadimi?" degan savoliga ana shunday javob berdi. 

"Men u yerda qandaydir bir jinoyatchi emasman. Agar men qonun doirasidan chiqqan bo‘lganimda meni u yerga qo‘yishmas edi. Aslida safar chog‘ida Rossiya bojxonasi va FXX xodimlari menga juda yaxshi muomalada bo‘lishdi. Hech qanday norozilik bildirilmadi. Hech qanday muammolarni ko‘rmadim va nima uchun xalq deputatlari u yerga borishdan qo‘rqishlarini tushunolmayman", - dedi Savchenko. 

Bundan avval Savchenkoning Ukraina fuqarolari Nikolay Karpyux va Stanislav Klyxlar ishi bo‘yicha sud majlisiga kelgani haqida xabar berilgandi. Uning advokati Nikolay Polozov ham Savchenkoning Rossiyaga safari davomida hech qanday to‘siqlar bo‘lmaganini ta'kidladi. "Rasman u mutlaqo erkin inson", - dedi huquq himoyachisi. 

May oyida Checheniston sudi Rossiyada taqiqlangan "Ukraina milliy assambleyasi —  Ukraina xalq mudofaasi" tashkiloti tarkibiga kiruvchi Karpyux va Klyxni 1990-yillarda Shimoliy Kavkazdagi harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilgandi. Oliy sud Karpyux va Klyxga nisbatan belgilangan jazoni o‘z kuchida qoldirdi. 

Mavzuga oid
Top