22:33 / 27.10.2016
13597

17 yoshli futbolchining bitta o‘yinini tomosha qilish uchun jahonning turli klublaridan 90 nafar skaut keldi

Foto: VVS

Shvetsiya chempionatining 27-turida  «Gyoteborg» AIK jamoasini qabul qildi va bu o‘yinga 90 nafar skaut tashrif buyurdi. Expressen xabariga ko‘ra, ular mehmonlar jamoasi futbolchisi Aleksandr Isaakning o‘yinini kuzatish uchun kelishgandi.

«Yangi Ibrahimovich» laqabini olgan 17 yoshli Aleksander Isaak joriy mavsumning 20 o‘yinida 9ta gol urib, Yevropadagi ko‘plab jamoalar e'tiborini o‘ziga qaratgan.

Isaakka ayni vaqtda «Bavariya», «Manchester Yunayted», «Borussiya» D, «Ayaks», «Chelsi», «Beshiktosh», «Trabzonspor», «Sanderlend» va «Vilyarreal» klublari qiziqmoqda. 

Ibrahimovich o‘zining sobiq jamoalariga «yangi Zlatan»ni sotib olishni tavsiya qildi

Mavzuga oid
Top