19:43 / 27.10.2016
6174

Alibaba mushukni ishga olmoqchi

Foto:twitter @RealGrumpyCat

Xitoyning internet-tijorat sohasida ishlovchi Alibaba kompaniyasi "yoqimtoy siymolar"ni (milota) sotish bo‘yicha boshliq lavozimiga mushuk izlamoqda. Bu haqda CRIENGLISH.com ma'lum qildi

Bu hazil emas, chunki "yangi xodim" 10 noyabrda Xitoydagi yirik savdo festivali arafasida Tmall gala-kechasida paydo bo‘lishi kerak. Mushukdan memlar va virus videolar kutilmoqda.

Ayni vaqtda kompaniya bu lavozimga butun dunyodan ko‘plab "internet yulduzlarni", jumladan AQShdan Jahldor mushukni, Fransiyadan Anrini, Yaponiyadan Maruni jalb qildi. Bundan tashqari, bu lavozimga Buyuk Britaniyadan Milk va Oreo qiziqib qolgan. Shuningdek, bu lavozimga Xitoy mushuklari ham kurashmoqda.  

 

Top