20:52 / 27.10.2016
11901

Amerikalik sayyoh 15 oy ichida 180 mamlakatni kezib chiqdi

Foto: © Cassie Depecol caters news

Amerikalik sayyoh Kassandra De Pekol 15 oy ichida 180 mamlakatda bo‘lishga ulgurdi. U qisqa vaqt ichida BMTning barcha davlatlarida bo‘lgan ilk ayol sifatida jahon rekordi o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi

Konnektikutda yashovchi sayyoh o‘z sayohatini 2015 yilning iyulida boshlagan. Bu vaqt ichida 27 yoshli De Pekol 250dan ortiq parvozlarni amalga oshirgan. Amerikalik ayol Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kiruvchi 193 mamlakatning barchasiga, shuningdek qisman tan olingan uch davlat — Xitoy Respublikasi (Tayvan), Kosovo va Falastinga borishni rejalashtirgan.  

Foto: © Cassie Depecol caters news

De Pekolning so‘zlariga ko‘ra, uning bolaligidan dunyo kezish, shuningdek turli madaniyat va dinlar bilan tanishish orzusi bo‘lgan. Sayohatchi bir mamlakatni ziyorat qilishiga o‘rtacha ikki kundan besh kungacha vaqt ketishini ma'lum qilgan.  

U sayohat davomida taxminan 198 ming dollar sarflagan. Bu davrda amerikalik ayolni boshqa kishilar ham qo‘llab-quvvatlashgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u barcha homiylarini sayohat vaqtida topgan. 

Foto: © Cassie Depecol caters news
Foto: © Cassie Depecol caters news
Foto: © Cassie Depecol caters news
Foto: © Cassie Depecol caters news
Foto: © Cassie Depecol caters news

 

Top