07:46 / 27.10.2016
4112

Apple simsiz quloqchinlarni sotuvga chiqarishni noma'lum muddatga qoldirdi

Foto:9to5mac.com

Apple kompaniyasining AirPods simsiz quloqchinlari avval rejalashtirilgandan kechroq sotuvga chiqadigan bo‘ldi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda

Kompaniya gadjyetlarni to‘liq tayyor bo‘lmaguncha sotuvga chiqarmoqchi emas. Kompaniyada AirPods’ni sotuvga chiqarish uchun qo‘shimcha vaqt zarurligi aytildi. 

Korporatsiya vakillari quloqchinlar do‘kon peshtaxtalariga chiqadigan aniq muddatlarni ma'lum qilishmadi. Quloqchinlar oktabrdan 159 dollar narxda sotuvga chiqishi rejalashtirilgandi. 

 

Top