23:45 / 27.10.2016
51119

Milliarder Jon Rokfellerning hayotiy saboqlari

Jon Rokfeller 25 yoshida mamlakatdagi eng yirik neftni qayta ishlovchi zavodlardan birini nazorat qilgan, 38 yoshida AQShdagi neftni qayta ishlash sanoatining 90 foiziga boshchilik qilgan. 58 yoshida nafaqaga chiqayotganida u dunyoning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda Rokfellerning ish usullari biznes-kollejlarda o‘rganiladi, uning nomi esa ko‘pincha kuchli bahs-munozaralarga boy bo‘ladi. Rokfeller tanqidchilar uchun raqobatni adolatsiz bostirib, monopoliyani yaratgan shafqatsiz va ziqna kapitalist hisoblangan. Boshqalar uchun esa u — neft narxi hattoki 80 foizga tushib ketgan paytda ham pul ko‘paytira olgan biznes-daho. “Trendymen” nashri tarixdagi eng buyuk xayriyaparvarlardan biri qanday tamoyillarga amal qilganligi haqida ma'lum qildi.

O‘z-o‘zingizga zolim bo‘ling

Rokfellerning eng hayratga soluvchi xislati, shubhasiz,  o‘z-o‘zini nazorat qila bilishida bo‘lgan. U irodasini tinimsiz charxlagan, o‘zini his-tuyg‘ulari va istaklarini boshqarishga  o‘rgatgan, qat'iy jadval asosida ishlagan hamda shu yo‘l bilan maqsad sari olg‘a harakat qilgan. U o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, so‘ng ularni amalga oshirish uchun maksimal darajadagi tartib-qoidaga rioya qilgan.  

Ishonchli va mas'uliyatli bo‘ling

 Oddiy sotuvchining o‘g‘li Jon Rokfeller bolaligidan o‘zini ishonchli va mas'uliyatli bo‘lishga o‘rgatgan. U ilk ish joyini olti yil davomida Nyu-York idoralaridan izlagan. Nihoyat, ish topilganida Rokfeller paltosini yechiboq ishga kirishib ketgan. Oxir-oqibat, u bu kunni hayotidagi eng muhim kunlardan biri sifatida yodga olgan. 

O‘zini nazorat qilish boshqalarni ham nazorat qilishni bildiradi

Rokfeller o‘z kayfiyati va yashirin o‘y-xayollarini bildirmagan holatda uzoq vaqt davomida suhbatni qo‘llash san'atini yaxshi egallagan. O‘z korporatsiyasida u balandparvoz so‘zlarga emas, Sfinksning xotirjam nufuziga tayanuvchi kuchni gavdalantirgan. 

Kuch sokinlikda

Rokfellerning hamkasblari xotiralariga ko‘ra, u hech qachon ovozini balandlatmagan, janjallashmagan va o‘ylamay ish qilmagan. Hattoki uni xafa qilishganda ham u o‘zini xotirjam tutgan. U qanchalik o‘zini sokin tutsa, uning mavjudligi shunchalik ko‘p sezilardi. Yig‘ilishlarda u butkul o‘y-xayollarga cho‘mib ketardi va faqat izoh berish uchungina chalg‘irdi. 

Hech qachon nolimang va o‘zingizni oqlamang

Rokfellerning hamkasblari va raqiblari uning har qanday vaziyatda mukammal hissiz yuz ifodasini saqlay olishini yodga olishadi. Hattoki uning aksariyat vaqtini ish egallagan, matbuot esa shaxsiy hayoti tafsilotlarini bilishga qiziqqanda ham milliarder o‘zini birdek xotirjam tuta olardi. Xuddi shuningdek, Rokfeller to o‘limiga qadar o‘z salomatligidan shikoyat qilmagan. 

Mag‘rurlik qulash sari yetaklaydi

Rokfeller butun hayoti davomida shaxsiy “ego”si ustida qat'iyat bilan ishlagan va o‘zida har qanday vaziyatga ko‘nikish xislatini tarbiyalagan. O‘z faoliyatining boshidayoq u hokimiyat va boylik mag‘rurlikka olib kelishi mumkinligini tushunib yetgan va o‘zini shaxsiy egosidan kelib chiqib harakat qilmaslikka o‘rgatgan. Faqat o‘z ustida tinimsiz ishlashgina Rokfellerga hayotiy muammolar girdobida o‘zligini saqlab qolishga yordam bergan. 

Eng asosiysi pul emas

Rokfeller boylik uchun boyib ketishning iloji yo‘qligi haqida ko‘p gapirgan – buning uchun katta maqsadlarni ko‘zlash kerak. Ishga bo‘lgan qiziqish va undan zavq olish salohiyatli milliarderning eng muhim sifatlaridan biridir, Jon Rokfeller bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 

Detallarga e'tiborli bo‘ling

Tarjimai hol yozuvchilari Rokfellerning detallar va ikir-chikirlarga qiziqqani, hech bir narsa uning nigohidan chetda qolmasligi haqida yozishgan. Milliarder doim tartibli kiyingan, soqollari olingan, poyabzallari esa har qanday ob-havoda ham yarqirab turgan. U qarzlari va shartnoma to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lagan, bir vaqtning o‘zida 5-6 loyihani yuritgan, ishlar qanday ketayotgani haqida kundalik tutishni odat qilgan. 

Tejamkor bo‘ling

Rokfeller o‘z muvaffaqiyatiga eng kuchli ta'sir ko‘rsatgan omillarga nazar tashlar ekan, uning uchun eng muhim omil barcha xarajatlar va omonatlarini nazorat qilishga alohida urg‘u bergan. Jon kichik cho‘ntak bloknotida moliyaviy xarajatlari hisob-kitobini qat'iy yozib borgan, keksaygan chog‘ida esa barcha ortiqcha pullarni maxsus seyfga joylagan. U boyligi oshgani sari buxgalterlik daftarlari kattalashib borar, moliyaviy xarajatlarni yozib borish uchun esa shaxsiy hisobchilarni ishga olishga to‘g‘ri kelardi. 

 

Mavzuga oid
Top