20:41 / 27.10.2016
4575

Saylov jarayonini yoritishda xalqaro tajribaga bag‘ishlangan seminar-trening yakunlandi

26 oktabr kuni «Bunyodkor» telemajmuasida germaniyalik mustaqil jurnalist Birgit Vettsel ishtirokida xalqaro tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-trening yopilishi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zEOAVMA va Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda ishtirokchilar to‘rt kun davomida germaniyalik mutaxassis ishtirokida efirni yangi kreativ eshittirishlar bilan to‘ldirish, axborot uzatishning nostandart usullari bilan tanishishdi. Seminar-treningning yakunida ishtirokchilar tomonidan “Saylov kundaligi” kunlik maxsus dasturining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir yakunida Birgit xonim bu galgi seminar-treninglar avvalgilarga qaraganda ancha qiziqarli va samarali bo‘lganini alohida ta'kidladi va qo‘yidagilarni aytib o‘tdi:

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritishda  xalqaro tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan mazkur mashg‘ulotlarda biz o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni to‘liq uddalay oldik, deb hisoblayman. O‘ylaymanki, mashg‘ulotlar davomida to‘plangan tajriba asosida siz ushbu yaqinlashib kelayotgan muhim siyosiy jarayonni muvaffaqiyali o‘tkazasiz. Muhimi, sizda buning uchun yetarli barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Sizdan talab etiladigani chin dildan mehnat va o‘z tajribangizni ishlata bilishdir".

Top