21:42 / 27.10.2016
5173

Tesla Motors ishlab chiqarish suratlarini oshirmoqda

Foto: sprout.nl

Tesla Motors kompaniyasida asta-sekinlik bilan ishlar yurishmoqda. Bu haqida Engadget nashri xabar berdi. O‘tgan haftada kompaniya vakillari hozir ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar kelajakda ham yaratilishi, ular mustaqil harakatlana olishi va avtonom bo‘lishi haqida e'lon qilishgan. 

Tesla Model S avtomobili hammaga manzur, u o‘tgan yilga nisbatan 59 foizga ko‘proq sotilmoqda. Shu bilan birga Tesla Motors joriy yilning uchinchi choragida deyarli 22 million AQSh dollari miqdoridagi daromadni qayd etgan. Ha, u qadar ko‘p emas, lekin shunga qaramay, kompaniya o‘sishni boshladi, bu esa tahsinga loyiq. 

Ishlab chiqarish hajmi ham sezilarli ravishda o‘sgan. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, Model S va X buyurtmalari 92 foizga, joriy yilning ikkinchi choragiga nisbatan esa – 37 foizga ko‘paygan. 

Ana shunday umidli yangiliklar fonida Tesla 2017 yilning oxirida yangi — Model 3 ishlab chiqarishni boshlashini tasdiqladi. Hozirgi vaqtda buning uchun barcha zarur uskunalar xarid qilingan bo‘lib, Tesla ishlab chiqarish liniyalarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. 

Tesla Motors’ning SolarCity bilan hamkorlikdagi loyihalari ham amalda, barchasi rejadagidek ketmoqda. Ertaga, 28 oktabrda Tesla avtomobillar tomida o‘rnatiladigan yangi quyosh panellarini ko‘rsatadi - kompaniya rahbari Ilon Mask bu juda qiziq bo‘lishiga va'da bermoqda. 

 

Mavzuga oid
Top