14:37 / 27.10.2016
9034

Zidan: Mening «Bayyer»ga urgan golim? Nachoniki chiroyliroq chiqdi, shunday emasmi?

Foto: Marca

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan Ispaniya Kubogi doirasida «Kultural Leonesa» jamoasiga qarshi kechgan va 7:1 hisobidagi yirik g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda Nacho tomonidan urilgan golga munosabatini bildirib o‘tdi.

U o‘zining 2002 yili Chempionlar ligasi finalida «Bayyer» (2:1) darvozasiga urgan goli bilan Nachoning golini solishtirgan.

Nacho Ispaniya Kubogi 1/16 finalidagi uchrashuvning 68-daqiqasida, hisob madridliklar jamoasi foydasiga 5:0 bo‘lib turgan vaqtda jarima maydonchasida darvozaga 15 m masofada turib, "qaychi" uslubida aniq zarba yo‘lladi.

«Nacho chiroyli gol urdi, u futbol tarixiga kiradi. «Bayyer»ga urgan golim? Nachoniki chiroyliroq, shunday emasmi? Futbolchi jiddiy shug‘ullansa, shunda ishni amalga oshirishga erishadi», deya mutaxassisning so‘zlarini keltirgan AS.

Top