09:06 / 28.10.2016
10461

28 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

27 oktabr tuni va 28 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Politico: Tramp muhojirlardan qo‘rqqan saylovchilardan foydalanmoqda


Foto: nbcnews.com

 

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Amerika noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashish lozimligini uqdirmoqda.

>>> Batafsil.

Ispaniya parlamenti yana bosh vazirni tasdiqlay olmadi


Foto: EFE

Ispaniya parlamenti deputatlar kongressi mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mariano Raxoyni ovoz berishning 1-bosqichida Ispaniya bosh vaziri etib tasdiqlay olmadi.

>>> Batafsil.

Putin Rossiyaning keyingi prezidenti haqidagi savolga javob berdi


Foto: news.rambler.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklar mamlakatning keyingi yetakchisini tanlab, Rossiya tarixi darsligidagi keyingi bobi qanday bo‘lishini o‘zlari belgilaydilar, deb aytdi.

>>> Batafsil.

Fotogalereya: Italiyaning markaziy qismidagi zilzila


Foto: AP

26 oktabr kuni Italiyada 6,2 balli yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.

>>> Batafsil.

Poroshenko o‘z orzusini ma'lum qildi

Nazvaniye

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining prezidentlik vakolatlari tugagach, Yevroparlamentda Ukrainadan deputat bo‘lishni istashini aytdi.

>>> Batafsil.

Qozog‘iston Qirg‘izistonga o‘q-dori va qurol-aslaha taqdim qildi


Foto: inform.kz

26 oktabrda harbiy-texnik yordam berish doirasida Qozog‘istondan armiya karvoni Qirg‘iziston qurolli kuchlari uchun o‘q-dori va qurol-aslaha yetkazdi.

>>> Batafsil.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" meva-sabzavot eksportchilariga chegirma joriy qildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi sifati tez buziladigan mahsulotlarni refrijyerator seksiyalarida eksport uchun tashiganda olinadigan 3700 dollar miqdoridagi qo‘shimcha yig‘imni yil oxiriga qadar to‘xtatib turadigan bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Iso Masih qabrini ochish videosi namoyish qilindi

Quddusda Iso Masih dafn etilgani taxmin qilinadigan qabr ochildi. YouTube saytida e'lon qilingan videolavhada arxeologlar Quddusdagi Iso payg‘ambar dafn etilgani taxmin qilinuvchi joyga o‘rnatilgan marmar plitani olayotganlari aks etgan.

>>>   Batafsil.

Kasallik tufayli patlarini yo‘qotgan pingvinga gidrolibos tayyorlandi


Foto The Sun

Orlandodagi (AQSh) SeaWorld okeanariumi xodimlari kasallik tufayli deyarli barcha patlarini yo‘qotgan pingvinga gidrolibos tikib berishdi.

>>>  Batafsil.

Apple kompaniyasi sensor panelli MacBook Pro’ni taqdim qildi


Foto: Marcio Jose Sanchez/AP

Apple kompaniyasi taqdimoti doirasida sensor panelli o‘zining yangi MacBook Pro noutbukini taqdim qildi.

>>> Batafsil.

Twitter Vine videoservisi yopilishini e'lon qildi


Foto: thenextweb.com

Twitter ijtimoiy tarmog‘i Vine videoservisi tez orada yopilishini e'lon qildi.

>>>  Batafsil.

23 karra Olimpiya chempioni Felps uylangani ma'lum bo‘ldi.

23 karra Olimpiya chempioni, AQShlik suzuvchi Maykl Felps o‘zining sevgilisi Nikol Jonson bilan ommaga oshkor qilmagan holda to‘y o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi.

>>> Batafsil.

17 yoshli futbolchining bitta o‘yinini tomosha qilish uchun jahonning turli klublaridan 90 nafar skaut keldi


Foto: VVS

 

Shvetsiya chempionatining 27-turida  «Gyoteborg» AIK jamoasini qabul qildi va bu o‘yinga 90 nafar skaut tashrif buyurdi.

>>> Batafsil.

«Liverpul» 196 sm bo‘yga ega 15 yoshli futbolchini sotib oldi


Foto: VVS

 

«Beri»ning 15 yoshli futbolchisi Emeka Obi faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi.

>>> Batafsil.

Top