15:46 / 28.10.2016
5079

Afg‘on hukumat kuchlari maxsus amaliyotda 60dan ortiq jangarini yo‘q qildi

Foto: tolonews

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari o‘tgan kun davomida terrorchilikka qarshi olib borilgan maxsus amaliyotlarida kamida 66 nafar jangarini yo‘q qilgan. Bu kabi amaliyotlar mamlakatning qator viloyatlarida o‘tkazilgan, deb xabar qilmoqda Khaama Press agentligi mudofaa vazirligi ma'lumotlariga asoslangan holda. 

Vazirlik axborotiga ko‘ra, o‘ldirilganlarning qariyb yarmi IShID radikal guruhi a'zolaridir. Shuningdek, olib borilgan jangovar harakatlarda 23 terrorchi yaralangan, 11 kishi asir olingan. 

Jangarilar bilan to‘qnashuvlarda kamida 6 nafar harbiy xizmatchi boy berilgan. 

Top