16:21 / 28.10.2016
5543

Amerikalik talaba universitetga borish uchun 5 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tdi

Foto: Vimeo/ Timothy Vorhoff

Amerikalik talaba universitetga yetib olish uchun mashinada 5 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi. Timoti Vorxoff o‘z sayohatini videoga olib, undan rolik ishladi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Timoti Shimoliy Karolinadagi Sharlott shahridan Los-Anjyelesdagi Janubiy Kaliforniya Universitetiga o‘z mashinasida borgan. Bu vaqt ichida u 11 shtat hududini kechib o‘tgan va beshta milliy parkda bo‘lgan. Vorxoff tunda avtomobilda uxlagan. 

Yigit bu yil universitetga kirganini ma'lum qilgan. Timotining so‘zlariga ko‘ra, o‘z hayotidagi "yangi ajoyib palla"ni u ana shunday ajoyib tarzda boshlashga qaror qilgan.

Mavzuga oid
Top