16:32 / 28.10.2016
8043

Bob va Boui laqabli kengurular kikboksing bo‘yicha "bellashdi"

Foto: Facebook/The Kangaroo Sanctuary Alice Springs

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi The Kangaroo Sanctuary Alice Springs sahifasida kengurular jangi tasvirlangan videoyozuv e'lon qilindi.

Kadr ortida ovoz bergan erkak kishi (taxminlarga ko‘ra u jonivorlar yashaydigan park xodimi bo‘lib ishlaydi) uni shunday sharhlaganki, go‘yo kikboksing bo‘yicha jang o‘tayotgadek tasavvur paydo bo‘lgan. Rolik 26 oktabr kuni namoyish qilingan. Bu rolik 2 kun ichida 26 mingdan ziyodroq marta tomosha qilingan.

Video paydo bo‘lgan akkaunt Avstraliya qo‘riqxonalaridan biriga tegishli hisoblanadi. Rolikda qoldirilgan izohlarga ko‘ra, kengurular Bob va Boui o‘zaro mashq qilishgan.

Mavzuga oid
Top