19:22 / 28.10.2016
6414

Daniya ko‘chalarida Trampga qarshi antiqa avtobuslar harakatlanmoqda

Foto: Facebook/DR Nyheder

2016 yilgi AQSh prezidentligiga saylov turli hazillar bilan boshlandi. Biroq muhim sana yaqinlashgani sayin vaziyat tobora jiddiylashib bormoqda. Trampga qarshi harakatlanayotgan mana bunday antiqa avtobuslar esa yana insonni kulgiga chorlaydi. 

Mazkur avtobus Kopengagen ko‘chalarida paydo bo‘ldi va ko‘rinishidan odamni kayfiyatini ko‘taradi. Avtobus yonida turgan insonlar Sotsial xalq partiyasi vakillari bo‘lib, bu e'lonni amalga oshirishdan maqsad chet eldagi amerikaliklarni ovoz berishga chaqirishdir. 

Video Daniya DR Nyheder nashrining feysbukdagi sahifasiga quyidagi izoh bilan yuklandi: "Biz Amerika fuqarolariga shuni eslatib qo‘ymoqchimiz: ovoz berishni unutmang – buning o‘z oqibati bor".

Mazkur ibora Sotsial Xalq partiyasi raisi Pia Olsen Dyhr'ga tegishli. 

"Men Trampning prezident bo‘lishi jahon rivoji, jumladan, Daniya uchun ijobiy bo‘ladi, deb hisoblamayman", - dedi u The Associated Press nashriga bergan intervyusida.

Top