19:00 / 28.10.2016
9769

OAV: Turkiya samolyotlari Suriya havo kengliklariga kirishga urindi

Foto: AP

Turkiya harbiy samolyotlari Halabdan shimolda Suriya havo kengliklariga kirishga uringan. Bu haqda Suriya xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga asoslangan holda RIA «Novosti» xabar bergan.

«Turkiya samolyotlari Suriya havo kengliklari chegarasini Halab shimolida buzib o‘tishga urindi», — degan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchilar Rossiya va Suriya tomoni ogohlantiruv signalini olganidan keyingina ortga qaytib ketgan.

Manbaning aytishicha, bu holat yana bir bor takrorlansa, suriyalik harbiylar turkiyaliklar samolyotini ogohlantirishsiz urib tushiradi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top