16:01 / 28.10.2016
5841

«OK Xabarlar» messenjeridagi jonli stikerlardan «iMessage»da ham foydalanish imkoniyati taqdim etildi

«OK Xabarlar» messenjeridagi jonli stikerlar endi «iMessage»da ham mavjud. Maxsus sozlanmani o‘rnatib, foydalanuvchilar «Odnoklassniki»ning mingdan ortiq stikerlarga ega katalogidagi stikerlar bilan bo‘lishishlari mumkin bo‘ladi. Stikerlar video ko‘rishni qo‘llab-quvvatlovchi barcha iOSlarda mavjud, stikerlarni esa iOS 10- versiyasi orqali jo‘natishni boshlash mumkin.

«OK Xabarlar» va «iMessage» foydalanuvchilari stikerlarni OK katalogi yordamida tanlashlari mumkin bo‘ladi. Katalog bugungi kunda bir necha ming stikerga ega. Uch oy ichida katalog to‘rt marta o‘sdi va kun sayin kengayib bormoqda. 

«Iyul oyida, «OK Xabarlar» ishga tushganidan so‘ng, stikerlar mashhur bo‘lib borayotganini kuzatmoqdamiz. Messenjer tufayli foydalanuvchilar to‘rt barobar ko‘proq stikerla. Bu esa bizning asosiy maqsadimiz edi. Ishonamizki, «iMessage» uchun yangi ko‘rinish ommobop bo‘ladi», - dedi «OK Xabarlar» loyihasi rahbari Vladimir Kochetkov.

 

Top