Los-Anjyeles shahri politsiyasi AQSh prezidentligi uchun nomzod Donald Trampning Hollivud Shon-sharaf maydoniga joylangan yulduzini buzishda gumon qilingan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda, CNN telekanali xabar qilmoqda.
Huquq-tartibot xodimlari uni uyining yonida hibsga olishgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra uning ismi-sharifi Jyeyms Otisdir. Avvalroq, u telekanalga Trampning yulduzini buzib tashlaganini aytgan. Otisning ta'kidlashicha, u respublikachi nomzodning jinsiy tajovuzlariga e'tibor qaratish maqsadida shunday qilgan.
Avvalroq, quruvchi libosidagi erkak Tramp yulduzini bolg‘a bilan buzgani xabar qilingan edi. Biroq, u qisman o‘z maqsadiga erishgan.