11:59 / 29.10.2016
5823

2016 yilda Turkiyaga kelgan sayyohlar soni keskin kamaygani ma'lum qilindi

Foto: © Flickr

Turkiya turizm vazirligi shu yilning o‘tgan davriga oid statistika ma'lumotlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2016 yil boshidan beri Turkiyaga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,96 foizga kamaygan. 

Hisobotda yozilishicha, 2016 yilning 9 oyi mobaynida Turkiyaga 20,25 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan salkam 10 mln kishi (29, 76 million)ga kam demakdir.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sayyohlar soni may oyidan buyon har oy 30 foizdan qisqarib bormoqda. Iyun (40,86 foiz) va avgust oylari (37,96) sayyohlar eng kam tashrif buyurgan oylar bo‘lgan.

Turkiyaga boruvchi rossiyaliklar soni qariyb 60 foizga qisqargan va jami sayyohlarning 7 foizini tashkil etgan. Ammo, Germaniya, Buyuk Britaniya va gruziyaliklar sentabr oyi ro‘yxatida yetakchilik qilgani aytiladi. Shu bilan birga, bu mamlakatlardan kelgan sayyohlar soni ham o‘tgan yil bilan qiyoslaganda uchdan birga qisqargan. 

Hurriyet gazetasining yozishicha, Turkiyaga sayyohlar oqimining kamayishiga, mamlakatda sodir etilgan qo‘poruvchiliklar va harbiy davlat to‘ntarishiga urinish kabi voqealar sabab bo‘lgan. 
 

Mavzuga oid
Top