10:22 / 29.10.2016
4390

Yamandagi portlash oqibatida 3 kishi jarohat oldi

Foto: skynewsarabia.com

Yamanning Adan shahrida sodir etilgan portlash oqibatida kamida 3 kishi jarohat oldi. Sky News Arabia telekanali ma'lum qilishicha, bomba bilan jihozlangan avtomobil Yaman markaziy banki binosi yonida portlatilgan.

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Yamanda 2014 yildan beri fuqarolik urushi bormoqda. Joriy avgustda ixtilof oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 ming kishidan oshib ketdi.

 

Top