22:22 / 29.10.2016
5805

"Bavariya" "Augsburg"dan, "Bayyer" esa "Volfsburg"dan ustun keldi va qolgan natijalar

Foto: Twitter/FCBayern

Germaniya chempionatining 9-turi doirasidan o‘rin olgan 5ta uchrashuv poyoniga yetadi. "Bavariya" bu turda "Augsburg" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda Karlo Anchelotti shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Robert Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Robben hisobiga yozildi. 

"Bavariya"ni ortidan kelayotgan debyutant "RB Leyptsig" ham safarda "Darmshtadt"ni 2:0 hisobida yengdi. "Volfsburg" maydonidan esa "Bayyer" ham 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Augsburg – Bavariya 1:3 
Gollar:
 0:1 – 19 Levandovski, 0:2 – 21 Robben, 0:3 – 48 Levandovski, 1:3 – 67 Gu Chja Chxol. 
Ogohlantirishlar: Gu Chja Chxol (35), Taygl (75).

 

Darmshtadt – RB Leyptsig 0:2 
Gollar: 
0:1 – 57 Zabittser, 0:2 – 81 Zabittser. 
Ogohlantirishlar: Gondorf (3), Shipplok (21), Poulsen (24), Kompper (67), Xen (77), Ben-Xatira (86).

 

Volfsburg – Bayyer 1:2 
Gollar: 
1:0 – 37 Arnold, 1:1 – 79 Mexmedi, 1:2 – 83 Yedvay. 
Ogohlantirishlar: Mexmedi (59), Bender (65), Vendell (71), Brekalo (80).

 

Maynts – Ingolshtadt-04 2:0 
Gollar: 
1:0 – 51, penalti Malli, 2:0 – 85 Oztunaly. 
Ogohlantirishlar: Samperio (64), Kristiansen (72).
Chetlatish: Kristiansen (86).

 

Verder – Frayburg 1:3 
Gollar: 
0:1 – 29 Filipp, 0:2 – 39, penalti Grifo, 1:2 – 67 Garsiya, 1:3 – 75 Abrashi. 
Ogohlantirishlar: Garsiya (9), Frantts (24), Filipp (68), Xefler (83).

 

Top