09:05 / 29.10.2016
7379

Chikago aeroportida samolyot yonishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi

American Airlines aviakompaniyasining Chikagodagi O'Xara aeroportida Boing-767 samolyotining yonishiga dvigateldagi nosozlik sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hollarda dvigatelda boshqarilmas nosozlik yuz beradi. Buning natijasida, motor korpusidagi detallar parchalanib, yonishga olib keladi. 

Avvalroq, American Airlines samolyotining Chikago shahri aeroporti yonishidan 20 kishi jabrlangani xabar qilingan edi. 

 

Top