02:25 / 29.10.2016
40720

Ozodlik haykali 130 yil ichida nimalarni boshidan o‘tkazdi?

130 yil ilgari, 1886 yilning 28 oktabrida Fransiya xalqi AQShga mashhur Ozodlik haykalini sovg‘a qilgan. U prezident Grover Klivlend buyrug‘iga binoan Nyu-Yorkda o‘rnatilgan. "Liberti xonim" o‘tgan 130 yil ichida ko‘p narsalarni boshdan kechirdi. Bigpicture.ru Ozodlik haykalining 130 yilligi munosabati bilan unga bag‘ishlangan fotojamlanmani taqdim etdi. 

1. Ozodlik haykali, Nyu-York, 2011 yilning 22 sentabri (Daniel Berehulak / Getty Images)

2. Haykaltarosh Frederik Ogyust Bartoldining Parijdagi ustaxonasida haykalni yaratish jarayoni, 1875 yil (AP Photo / Agence Papyrus)

3. Bartoldi ustaxonasidagi ishchilar haykalning ilk modelini yig‘ishmoqda, 1882 yilning qish oylari (Photo from the Library of Congress)

4. Frederik Ogyust Bartoldining Parijdagi ustaxonasida haykal ustida ishlanmoqda,  1876 yil (AP Photo / Agence Papyrus)

5. Bartoldining Parijdagi ustaxonasida Ozodlik haykalini yaratish jarayoni, 1880 yil (AP Photo / Agence Papyrus)

6. Ozodlik haykali Parij uzra namoyon bo‘lmoqda, 1884 yil (AP Photo / Agence Papyrus)

7. Ozodlik haykali bosh qismi Parijda, 1884 yil, AQShga jo‘natishdan avval (Photo from the Library of Congress)

8. Amerikalik aktrisa va uchuvchi Rut Elder o‘zining American Girl samolyotida Ozodlik haykali yonidan uchib o‘tmoqda, 1927 yilning 4 oktabri (AP Photo)

9. Prezident Franklin Ruzvelt Nyu-Yorkda Ozodlik haykalining o‘rnatilishiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbirida ishtirok etmoqda (AP Photo / Preston Stroup)

10. Ozodlik haykali o‘rnatilganiga 55 yil to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbir, 1941 yilning 28 oktabri (AP Photo) 

11. AQSh va boshqa ko‘plab mamlakatlar sayyohlari Ozodlik haykalini tomosha qilish uchun navbat poylashmoqda, 1946 yilning 4 avgusti (AP Photo / FS)

12. Oklaxoma-siti Universiteti xori an'anaviy liboslarda "mash'ala ko‘targan qiz"ga serenada kuylamoqda, 1955 yilning 16 avgusti (AP Photo / Anthony Camerano)

13. Ozodlik haykali va Liberti-Aylendga yuqoridan nazar (AP Photo / Dave Pickoff)

14. Ozodlik haykali, 1965 yilning 1 oktabri (AP Photo / John Rooney)

15. Odamlar Ozodlik orolidagi paromga navbatda turishibdi, 1968 yilning 1 mayi (AP Photo)

16. Harbiy kemalar Ozodlik haykali yonidan o‘tmoqda, 1976 yilning 3 iyuli (AP Photo / ETA)

17. «Los Muchachos» xalqaro erkaklar sirki Ozodlik haykali ostida tomosha ko‘rsatmoqda, 1973 yilning 17 sentabri (AP Photo / Marty Lederhandler)

18. Qizcha Ozodlik haykalini suratga olmoqda, 1976 yilning 7 sentabri (AP Photo / Jerry Mosey)

19. Ziyoratchilar Ozodlik haykali cho‘qqisiga olib chiquvchi zinapoyalardan ko‘tarilishmoqda, 1976 yilning 8 sentabri  (AP Photo / Jerry Mosey)

20. Ozodlik haykali uzra vertolyot parvoz qilmoqda, 1977 yilning 25 oktabri (AP Photo / JR)

21. Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Ronald Reygan Ozodlik haykaliga ishora qilmoqda, 1980 yilning 1 sentabri (AP Photo / Walt Zeboski)

22. Ozodlik haykali yirik planda, 1983 yilning 1 noyabri (AP Photo / Dave Pickoff)

23. Ozodlik haykali mash'alasini almashtirish jarayoni, 1984 yilning 3 iyuli (AP Photo)

24. Ozodlik haykali mash'alasiga oltin gulxan o‘rnatilishi, 1985 yilning 25 noyabri (AP Photo / Ed Bailey)

 

Mavzuga oid
Top