11:17 / 29.10.2016
11234

Pentagon AQSh harbiy razvedkasining byudjyetini e'lon qildi

Foto: © AFP

AQSh mudofaa vazirligi o‘z harbiy razvedkasining 2016 yildagi byudjyeti miqdorini oshkor qildi, deya xabar qilgan Pentagon matbuot xizmati. 

Ta'kidlanishicha, 30 sentabrda yakunlangan 2016 moliya yilida harbiy razvedka ehtiyojlari uchun 17,7 mlrd dollar mablag‘ ajratilgan. 

Pentagon qaroriga ko‘ra, «bu raqamni oshkor qilish harbiy razvedka dasturi doirasida maxfiy faoliyat yuritishga xalaqit bermaydi». Shu bilan birga, «dasturga oid boshqa ma'lumotlar va tafsilotlari oshkor qilinmaydi, chunki ular milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan maxfiylashtirilgan».

Top