21:23 / 29.10.2016
4292

Tennischi aka-uka Brayanlar 1000-g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi

Foto: .gmx.at

Amerikalik tennischilar ajoyib muvaffaqiyatga erishishdi: aka-ukalar tennis bo‘yicha juftliklar o‘yinida o‘zlarining 1000-g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqida ATP rasmiy sayti xabar berdi. 

Amerikalik tennischilar Bob va Mayk Brayanlar tennis bo‘yicha juftliklar o‘yinida 1000-marta g‘olib bo‘lishdi. Sportchilar bu yubiley sanaga yetib kelguncha 19 mavsumni o‘tkazishdi. 

Brayanlarning 1000-g‘alabasi Venadagi turnirning chorak final bahslariga to‘g‘ri keldi, bu yerda ular urugvaylik Pablo Kuevas hamda serbiyalik Viktor Troitskilarga qarshi o‘yin ko‘rsatishgan. Bob va Mayk 6:4, 4:6, 10:7 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘llanma olishdi - endi ular polshalik Lukash Kubot va braziliyalik Marselo Melo bilan bahs olib borishadi. 

 

Top