14:49 / 29.10.2016
13990

«Tesla»ning yangi raqibi namoyish etildi

Foto: Youtube/Faraday Future

Xitoyning LeEco konglomeratiga tegishli Amerikaning Faraday Future kompaniyasi ilk seriyali modelining tizerini namoyish etdi. Niqobdagi avtomobil namoyish etilgan videolavha ishlab chiqaruvchining YouTube sahifasiga joylashtirildi.

Hozircha, model haqida boshqa ma'lumot keltirilmagan. Tesla bilan xaridorlar uchun kurashishga bel bog‘lagan Faraday Future kompaniyasi yangi mahsuloti elektr motor bilan ta'minlanishini tasdiqlashdi. 

Avval xabar qilinganidek, Faraday Future kompaniyasining birinchi seriyali modeli 2017 yil boshida Las-Vegasda bo‘lib o‘tajak iste'mol elektronikasi ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi, «oliy toifali, turli texnologiyalar bilan to‘ldirilgan va eng uzoq masofaga yura oladigan elektromobil ishlab chiqish»ini ta'kidlab keladi.

Faraday Future’ning birinchi mahsuloti — kontsept elektr superkari FFZERO1 — 2016 yil yanvarida namoyish etilgan edi. Elektrokarga jami quvvati ming ot kuchiga teng 4ta dvigatel o‘rnatilgan. Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, FFZERO1 100 km soat tezlikka 3 soniyadan kamroq vaqtda erisha oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 320 kmni tashkil etadi. 

Mavzuga oid
Top