21:35 / 29.10.2016
15750

Jahon ko‘chmas mulk bozorida yangi rekord - Honkongdagi avtomobil turar joyi quloq eshitmagan narxda sotib yuborildi

Foto:© Bloomberg

Jahon ko‘chmas mulk bozorida yangi rekord qayd etildi: mana shu hafta Honkongda avtomobil turar joyi 4,8 mln Honkong dollariga (620 ming AQSh dollari) sotib yuborildi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Eng qimmat avtomobil turar joyi bo‘lgan bu yer Honkong moliyaviy markazidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda - Mid-levels tumani, Konduit-roud 55 da joylashgan. Bu yerda yirik kompaniyalarning rahbarlari, milliarderlar va diplomatlar yig‘ilib turishadi. Darvoqe, Alibaba rahbari Jyek Ma aynan Mid-levelsda istiqomat qiladi.
Qiyoslab ko‘riladigan bo‘lsa, uydan markazga bo‘lgan yo‘l kira haqi 120 mingni tashkil etadi. Shundan kelib chiqqan holda, turar joy egasi sotib olgan puliga 245 yil davomida uydan ishga, ishdan uyga borib kelsa bo‘lardi.

 

Mavzuga oid
Top