20:49 / 30.10.2016
18442

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

24 oktabrning eng muhim va qiziqarli voqealari

Sirdaryo viloyatining 4ta tumaniga va 2ta shahriga yangi hokimlar tayinlandi. 22 oktabr kuni Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar bergan.


Foto: O‘zA

Turkiyada muxolif imom Fathulla Gulenning qarindoshlari – Husayn Gulen va Bushra Gulen "Fathullachilar terrorchilik tashkiloti" (FeTO) faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib Izmirda hibsga olindi.

"Ash-Shabob" jangarilari Somalining marqaziy qismida joylashgan Xalgan shahrini bosib oldilar. Bu shahar chetida Afrika ittifoqining Somalidagi missiyasi (AMISOM) bazasi joylashgan.


Foto: Getty Images

Yangi avlod smartfonlarning supersig‘imli batareyalari aksariyat ishlab chiqaruvchilarning faxrlanishiga sabab bo‘lib, marketingdagi muhim ustunlik hisoblanadi. Biroq aslida bunday akkumulyatorlarda yashirin tahdid mavjud - so‘nggi paytlarda telefon batareyalarining portlash holatlari ko‘payib bormoqda, bundan hech kim "sug‘urtalanmagan".

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

25 oktabrning eng muhim va qiziqarli voqealari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun O‘zLiDeP partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev, partiyaning shu yil 19 oktabrda bo‘lib o‘tgan s'yezdida qilgan ma'ruzasida mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga doir hukumat rejalarini e'lon qildi.


Foto: uzlidep.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan AQShga keldi.

Qora dengizga raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi Aegis bilan qurollangan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Carney eskadra minatashuvchisi kirdi.
Turkiyaning Antaliya shahridagi savdo-sanoat palatasi binosi yaqinidagi avtoturargohda portlash ro‘y berdi.


Foto: sknews.ru

Ukraina xavfsizlik xizmati Oliy Rada deputati Nadejda Savchenkoni Ukraina hududiy yaxlitligiga rahna solish va terrorchilik tashkilotlarini tashkil etish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilgan.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>   batafsil.

26 oktabrning eng muhim va qiziqarli voqealari

Janubiy Koreya va niderlandiyalik olimlar, Niderlandiyaning Groningen viloyatida dahshatli zilzila yuz berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Janubiy Koreya prokuraturasi notijorat fondlarda tintuv ishlarini o‘tkazdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu mamlakat prezidentining yaqin dugonasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika hukumatining iste'fosi haqidagi farmonga imzo chekdi.


Foto: © RIA Novosti

Britaniyaning The Telegraph nashri joriy mavsumda APLning eng tezkor futbolchisini aniqlashdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

27 oktabrning eng muhim va qiziqarli voqealari

27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.


Foto: TIV matbuot xizmati

Italiyaning markaziy hududlarida bir sutka davomidagi uchinchi yer silkinishi qayd etildi, deb xabar qilmoqda RaiNews24 telekanali.

AQSh prezidenti Barak Obamaning o‘gay akasi Malik Obama o‘zining Twitter sahifasida davlat rahbarini WikiLeaks asoschisini afv etishga chaqirdi.

Nyu-York shtatining Stouni-Brukdagi Universitet professori Helmat Norpos AQShning yangi prezidenti respublikachi Donald Tramp bo‘lishini ma'lum qildi, u mamlakat prezidentlik saylovlaridagi barcha natijalarni muvaffaqiyatli bashorat qilib keladi.


Foto: AFP

Sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar,  amfibiya va sudralib yuruvchilarning ko‘payishi 1970 yildan beri deyarli 60 foizga qisqargan. Bu haqda Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining hisobotida keltirilgan.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

28 oktabrning eng muhim va qiziqarli voqealari

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanishiga umid qilayotganini bildirdi.

1 noyabrdan ayrim yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish vaqtlariga o‘zgartirish kiritiladi.


Foto: O‘zA

Sankt-Peterburg tergov qo‘mitasi Rossiyaga O‘zbekistondan kelgan ayol ishini ko‘rib chiqdi. 34 yashar ayolga nisbatan o‘z bolasini sotish aybi qo‘yilgan.

Moskvada shu yilning fevralida 4 yoshli qizchani o‘ldirgani uchun qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulovaning qonuniy vakili, yurist Aleksandr Goverdovskiyning ma'lum qilishicha, sudlanuvchi o‘zini O‘zbekistonga majburiy davolashga yuborishni so‘ragan.

Yamanlik isyonchi xusiylar Islom dinining muqaddas shahri Makkai Mukarrama tomon ballistik raketani uchirishdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>> batafsil.

29 oktabrning eng muhim va qiziqarli voqealari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 29 oktabr kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.


Foto: fb.com/usdos.uzbekistan

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2016 yil 30 oktabrda Hindiston Tashqi ishlar davlat vaziri Toshkentga tashrif buyuradi.

Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarning hal etilishi bilan rasmiy Tehronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lishi uchun mavjud to‘siqlar qolmagan.

29 oktabrda Tailandda 13 oktabrda vafot etgan qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX) bilan vidolashish marosimi boshlandi.
KXDR AQSh va uning ittifoqchilari, jumladan Yaponiyaga ham priventiv zarba berishga tayyor.


Foto: © EPA/NARONG SANGNAK

Xitoyning LeEco konglomeratiga tegishli Amerikaning Faraday Future kompaniyasi ilk seriyali modelining tizerini namoyish etdi.

Bu va boshqa xabarlar haqida >>>  batafsil.

Top