09:11 / 30.10.2016
30275

Alyaska qirg‘oqlari yaqinida noma'lum mavjudot suv ustiga suzib chiqdi

Foto: Bureau of Land Management - Alaska/Facebook

Alyaska qirg‘oqlari yaqinida noma'lum mavjudot suv ustiga suzib chiqdi. Mutaxassislar usti muz bilan qoplangan mavjudot suv sirtiga chiqqanda uni videoga olishdi. Bu haqda Mysteriousuniverse.org xabar bermoqda.  

Yer resurslarini boshqarish markazida voqea joyi ko‘zdan kechirib chiqilgan. Markaz xodimi hududni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha jarayonni videoga olgan.

Keyinroq mahluq tutib olingan. Markaz mutaxassislari bu qanday jonzot ekanligini aniqlay olmaganlar. Ular buni internet foydalanuvchilari ixtiyoriga havola qilishgan.  

Odamlar izohlarda bu ulkan ilonbaliq yoki osyotr bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan. Foydalanuvchilardan biri hattoki bu jonzot mashhur Loxness mahluqi bo‘lishi mumkinligini aytgan. Hozircha bu masalaga hech kim oydinlik kirita olmagan.

 

Top