Yaman g‘arbidagi isyonkor xusiylar nazorati ostidagi Xodeyda shahriga arab koalitsiyasi tomonidan berilgan aviazarba qurbonlarining soni 45 nafarga yetdi. Bu haqida 30 oktabr, yakshanba kuni Reuters agentligi mahalliy hukumat manbalariga tayanib xabar berdi.
Bundan avval arab koalitsiyasining aviazarbasi natijasida Yamanda 30 nafar kishining halok bo‘lganligi to‘g‘risida ma'lumot berilgan edi.
Koalitsiya shanba kuni kechqurun Xodeydaga qarata aviazarba bergan. Halok bo‘lganlar orasida - isyonkorlar, shuningdek Xodeyda yaqinidagi qamoqxona mahbuslari bo‘lgan.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, qamoqxonada taxminan 80 nafar kishi bo‘lgan. Aviahujum vaqtida qamoqxona hududida uch marta portlash sodir bo‘lgan.