18:57 / 30.10.2016
3624

Belarus prezidenti va Qatar amiri ikki tomonlama hamkorlik haqidagi hujjatlarni imzolashdi

Foto: president.gov.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Qatar amiri Tamim ibn Xamad Ol-Soniy turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish haqida bir qator hujjatlarni imzolashdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Lukashenko hozir Qatar va BAAga safar uyushtirmoqda.

Lukashenko va Qatar amiri o‘rtasidagi muzokaralar davomida ikki davlat "ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikka yangi turtki berish istagida ekanliklari" ma'lum qilindi.

Tomonlar hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida investitsiya va savdo sohalarini ko‘rishmoqda. 

Lukashenko Belarus va Qatar hukumatlariga "ikki tomonga foydali bo‘lgan, munosabatlarni rivojlantirishning lokomotivi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 3-5 ta yaxshi loyihani aniqlab olish ko‘rsatmasini berish" taklifini bildirdi. Bu masalalar Qatar amirining Belarusga tashrifi vaqtida ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

"Muzokaralar yakunlangandan keyin ikki davlat yetakchisi ishtirokida turli sohalarda, jumladan moliya, sog‘liqni saqlash, OTMlarning akademik va ilmiy hamkorligini rivojlantirish haqidagi hujjatlar paketi imzolandi. Belarus va Qatar taraqqiyot banklari o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik memorandumi tuzildi", deb ma'lum qilindi Belarus prezidenti matbuot xizmatida.

 

Top