11:57 / 30.10.2016
5710

GFRda qurol sotuvi bir yilda deyarli ikki barobarga o‘sdi

Foto: spiegel.de

Germaniyada 2016 yilda yengil qurolni olib yurish va saqlash uchun litsenziyalar soni deyarli ikki barobarga oshdi. Bu haqida Der Spiegel nashri GFR IIV ma'lumotiga asoslanib, xabar qildi

"Biz qurol xaridorlarining mutlaqo yangi kategoriyasini kuzatmoqdamiz. Ular u yerga birinchi marta kelishmoqda", - deya GFR Qurollilar ittifoqi va qurol sotuvchilarining direktori Ingo Meynxardning so‘zlarini keltiradi nashr. 

Statistikaga ko‘ra, 2015 yilning sentabrida faqat 273 ming nafar nemisgina yengil qurolni saqlashga ruxsat olgan, biroq 2016 yilda bu raqamlar 440 ming nafardan oshib ketdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yengil qurolga egalik qilish uchun litsenziya berilishi bo‘yicha Shimoliy Reyn yerlari — Vestfaliya, Bavariya va Quyi Saksoniya yetakchi hisoblanadi. 

Manbada ta'kidlanishicha, qurol sotishning o‘sishi Parij, Bryussel, Nitstsa va Myunxendagi teraktlar, shuningdek mamlakatda qochqinlar oqimi ko‘payganidan keyin "nemislarning xavfsizligidan cho‘chiyotganligi" bilan bog‘liq.

Top