02:02 / 30.10.2016
7486

Higuain sobiq jamoasi darvozasiga gol urib "Yuventus"ga g‘alaba keltirdi

Foto: Juventus.com

Italiya A seriyasining 11-tur markaziy uchrashuvida "Yuventus" "Napoli"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Leonardo Bonuchchi hisobni ochdi. Keyinchalik esa Xose Kalexon muvazanatni tikladi. 70-daqiqada esa Gonsalo Higuain tomonidan kiritilgan gol "Yuventus"ga g‘alaba olib berdi. Shu tariqa, turinliklar turnir jadvalidagi mavqeini yanada yaxshiladi. 

"Yuventus" - "Napoli" - 2:1

Gollar: 1:0 – 50 Bonuchchi, 1:1 – 54 Kalexon, 2:1 – 70 Higuain.
"Yuventus" – Buffon, Bonuchchi, Kellini (Kuadrado, 39), Aleks Sandro, Bardzali, Xedira, Ernanes (Sturaro, 76), Pyanich (Markizio, 68), Lixtshtayner, Mandjukich, Higuain.
"Napoli" – Reyna, Kirikesh, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Zelinski, 76), Kalexon, Gamshik (El-Kadduri, 82), Insine (Djakkerini, 61), Diavara.
Ogohlantirishlar: Kellini (21), Aleks Sandro (22), Insine (30), Ernanes (61), Mandjukich (85). 

Top