Jamiyat | 20:22 / 30.10.2016
48066
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi videokuzatuvlardan birida avtomobildan pul o‘g‘irlagan "shovvozlar" surati tarqaldi

30 oktabr, yakshanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "Voditeli Tashkenta" (DRIVERS.UZ) guruhi a'zolaridan biri bo‘lgan Fayzulla Tashov  nomi ostidagi foydalanuvchi avtomobildan pul o‘g‘irlanganligi to‘g‘risidagi e'lonni yozib qoldirdi va unga o‘g‘rilarning videokuzatuvdan olingan  suratlarini ilova qildi. 

Manbaga ko‘ra, 29 oktabr, shanba kuni Toshkent shahridagi Jomiy aylanasida mahalliy vaqt bilan soat 13:46da avtomobildan pul o‘g‘irlangan. Mazkur o‘g‘irlik videokuzatuv kamerasida muhrlanib qolgan. 

Foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlikda ikki kishi ishtirok etgan - ulardan biri "o‘lja" qidirish va telefonda ma'lumot berish bilan shug‘ullangan, ikkinchisi mashinaga yaqinlashib, uni megicar'ga o‘xshagan pult bilan ochib, xotirjamlik bilan unga o‘tirgan va rejadagidek o‘g‘irlikni amalga oshirgan.

Videokuzatuv kamerasi hammasini tasvirga olgan bo‘lib, tarmoq foydalanuvchisi ularning suratlarini feysbukda taqdim etgan hamda o‘g‘rilarni ko‘rgan yoki bilganlar bo‘lsa, ularni topib, avtomobil egasiga pullarini qaytarishga yordam berishni so‘ragan va buning uchun mukofot berilishini ta'kidlagan. 

Tarmoqning ba'zi foydalanuvchilari bunga salbiy munosabat bildirib, o‘g‘rilarni jazolash kerakligini yozgan bo‘lishsa, boshqalari voqeaga unchalik ishonishmagan va huquq-tartibot organlariga murojaat qilishni maslahat berishgan.

 

Mavzuga oid