22:19 / 30.10.2016
5197

O‘zbekiston U19 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralashining ikkinchi turida ham g‘alaba qozondi

29 oktabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining “B” guruhi ikkinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Ushbu guruhdan o‘rin olgan O‘zbekiston U19 qizlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Gonkongga qarshi maydonga chiqib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabga erishdi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi. 

O‘yinning 53-daqiqasida Feruza Boboxo‘jayeva hisobni ochgan bo‘lsa, Shahnoza Qurbonova 78 va 79-daqiqalarda gol urib, o‘z dublini va O‘zbekistonning yirik g‘alabasini qayd etdi.

Ta'kidlash kerakki, saralash bosqichining dastlabki o‘yinida ham O‘zbekiston xuddi shunday hisob bilan Tojikistondan ustun kelgandi.

O‘zbekistonning guruhdagi navbatdagi uchrashuvi 31 oktabr kuni Xitoy Taypeyga qarshi bo‘ladi.

 
U19 ayollar o‘ratsidagi Osiyo chempionati saralashi

O‘zbekiston – Hongkong 3-0 (0-0)

Gollar: Feruza Boboxo‘jayeva (53), Shahnoza Qurbonova (78, 79)

Top