18:17 / 30.10.2016
7569

WikiLeaks: Klinton bankirlar bilan aloqasini yashirgan

Foto: hillaryclinton.com

AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton yordamchilarining yozishmalari uning "Uoll-strit"dagi bankirlar bilan uchrashuvlari haqida jamoatchilik bilishini istamaganligidan dalolat beradi. Bu haqida Klinton saylov kampaniyasining raisi Jon Podestaning WikiLeaks portali tomonidan chop etilgan yozishmasida ma'lum qilingan

2016 yilning may oyida yordamchilarning yozishmasida Klintonning Goldman Sachs vakillari va boshqa bankirlar bilan uchrashuvlari muhokama qilingan. "Klinton odamlar uning "Uoll-strit" bilan aloqalaridan xabar topishini istamaydi. U qarshiliklar yuzaga kelmasligiga erishmoqchi va buni amalga oshirishning eng yaxshi usuli — odamlarni ko‘rimsiz masofada ushlash", - deyiladi Podestaning xatlaridan birida. 

WikiLeaks sayti bundan avval ham Jon Podestaning maxfiy xatlarini chop etgandi. Klintonning banklar vakillari oldida so‘zlagan nutqidan keltirilgan parcha jamoatchilik tanqidiga uchragandi. U o‘z nutqida ikki xil siyosat yurgizishi - biri odamlar orasidagi ommaviy siyosat bo‘lsa, boshqasi xususiy "mutlaqo boshqa" siyosat ekanligini aytgan. 

Bu jumlalar Klintonning prezidentlik poygasida Respublikachilar partiyasi vakillari hamda Donald Tramp tomonidan ikkilamchi o‘yin olib borayotganida ayblanishiga sabab bo‘ldi. 

 

Top