09:25 / 31.10.2016
10697

31 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

30 oktabr tuni va 31 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Misrda Rossiyaning A321 samolyoti falokati qurbonlari xotirasi yod etildi

Arxiv surat / krpress.ru

Misrning Sharm-ash-Shayh shahrida Sinay yarimorolida Rossiyaning A321 samolyoti falokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. Batafsil>>

Xitoy bosh vaziri Rossiyaga safar qiladi

Arxiv surat / Sputnik

XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan o‘zining Rossiya amalga oshirishi kutilayotgan safari chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Batafsil>>

Baliq sotuvchining o‘limi Marokashda ko‘p minglik namoyishlarga sabab bo‘ldi

Foto: EPA

Marokashning bir qator yirik shaharlarida baliq sotuvchi Muhsin Fikriyning fojiali o‘limi sababli ko‘p minglik norozilik namoyishlari o‘tmoqda. Batafsil>>

Saudiya Arabistonida 2018 yilgi JCh saralash uchrashuvi vaqtida terakt oldi olingani ma'lum bo‘ldi

AFP/GETTY IMAGES

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan, Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi Jiddadagi uchrashuvda terakt oldi olingan. Batafsil>>

The Sunday Times: Rossiya Suriyaga uchta suv osti kemasi jo‘natdi

Foto: army-news.ru

Rossiyaning Suriyaga yo‘l olayotgan "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasiga hamrohlik qilayotgan jangovar kemalar guruhiga "Kalibr" raketalari bilan qurollangan yana uchta suv osti kemasi qo‘shildi. Batafsil>>

Kanada Bolgariya va Ruminiya uchun viza cheklovlarini bekor qiladi

Foto: © Flickr

Kanada Bolgariya va Ruminiya fuqarolari uchun viza cheklovlarini 2017 yil oxiridan bekor qiladi. Batafsil>>

Rim meri zilzila sababli maktablarni yopishga qaror qildi
31 oktabrda Italiya poytaxti Rimdagi maktablar 30 oktabrda mamlakatning markaziy qismida yuz bergan zilzila sababli yopiladi. Batafsil>>

Tramp Klintondan 1 foizga ortda qolmoqda

Foto: © AP

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlari bo‘yicha o‘zining asosiy raqibi Xillari Klintondan bor-yo‘g‘i 1 foizgina ortda qolmoqda. Batafsil>> 

Bag‘doddagi bir qator portlashlar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: fapnews.ru

Iroq poytaxti Bag‘dodda bir qator portlashlar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi yaralandi. Batafsil>>

Saudiya Arabistonida ikki terakt bartaraf etildi

Foto: inform.kz

Saudiya Arabistoni huquq-tartibot muassasalari jangarilar mamlakatda tayyorlamoqchi bo‘lgan ikkita teraktni bartaraf etishdi. Batafsil>> 

OAV: Britaniya do‘konlari "yo‘q qilib bo‘lmas" banknotalarni qabul qilishdan bosh tortmoqdalar

Foto: bankofengland.co.uk

Buyuk Britaniya do‘konlarida Uinston Cherchill tasviri tushirilgan 5 funt sterlinglik yangi qog‘oz pullarni qabul qilishdan bosh tortilmoqda. Batafsil>>

Ukrainalik kishi o‘z ismini iPhone 7'ga almashtirdi

Foto: © AP

Elektronika do‘konida o‘z ismini iPhone 7'ga almashtirgan ilk besh kishiga Apple mahsuloti bepul taqdim qilinishi haqidagi e'londan so‘ng Ukraina fuqarosi Aleksandr Turin rasman iPhone Sim (Seven) nomini oldi. Batafsil>>

Yangiyo‘lda diplomatik vakolatxona mashinasi va traktor YTHga uchradi

Fb.com/Voditeli Tashkenta

30 oktabr kuni feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhida Shavkat Qobilov ismli a'zo Toyota rusumli mashinaning traktor bilan to‘qnashish oqibatida avtohalokatga uchragani tasvirlangan suratlarni joylashtirgan. Batafsil>>

Arnold Shvartsenegger va Jyeki Chan Rossiyaning "Viy-2" filmida suratga tushishmoqda

Foto: AP

Hollivud yulduzlari Arnold Shvartsenegger va Jyeki Chan rossiyalik Oleg Stepchenkoning "Viy" filmi sikvelida suratga tushishadi. Batafsil>>

Xemilton "Formula-1" poygasining Meksika Gran-prisini yutdi

Foto: NTV

"Mersedes" jamoasi vakili, britaniyalik poygachi Lyuis Xemilton "Formula-1" poygasining Meksika Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. Batafsil>>

"Manchester Yunayted" muxlislari Mourinoga qarshi aksiyaga pul to‘plamoqdalar

Arxiv surat / Google images

"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourino iste'foga ketishi aytilgan bannerli samolyotning jamoaning uy stadioni ustidan uchib o‘tishini tashkillashtirishga pul to‘plamoqdalar. Batafsil>>

Top