23:32 / 31.10.2016
7592

Afg‘onistonda 70 jangari yo‘q qilindi

Foto: © EPA

Afg‘onistonning Uruzgan viloyatida tashlandiq harbiy bazaga aviazarbalar berilishi oqibatida "Tolibon"ning kamida 70 jangarisi yo‘q qilingan. Bu haqda Hama Press agentligi xabar bermoqda. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 30 oktabrda sodir etilgan aviazarba oqibatida ikki kun avval harbiy bazani yo‘q qilmoqchi bo‘lgan jangarilardan 80 nafari yaralangan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, oxirgi vaqtda Afg‘onistonning sharqiy va janubiy hamda shimoliy viloyatlarida jangarilar pozitsiyalarining anchagina mustahkamlanishi kuzatilmoqda. "Tolibon" dala qo‘mondonlari va jangarilari borgan sari ko‘proq IShIDga vafodorlikka qasamyod keltirmoqda.

Top