07:51 / 31.10.2016
3638

Xemilton "Formula-1" poygasining Meksika Gran-prisini yutdi

Foto: NTV

"Mersedes" jamoasi vakili, britaniyalik poygachi Lyuis Xemilton "Formula-1" poygasining Meksika Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi. Marraga ikkinchi bo‘lib uning jamoadoshi Niko Rosberg yetib keldi. Poygada 3-o‘rinni "Ferrari" a'zosi, nemis Sebastyan Fettel egalladi.

Formula-1. Meksika Gran-prisi. Poyga
1. Lyuis Xemilton ("Mersedes")
2. Niko Rosberg ("Mersedes")
3. Sebastyan Fettel ("Ferrari")

Shu tariqa, Rosberg umumiy hisobda yetakchilikni saqlab qoldi, uning hisobida 349 ochko bor. 2-pog‘onani undan 19 ochko ortda qolayotgan Xemilton egallab turibdi.

Mavzuga oid
Top