19:44 / 31.10.2016
5351

Xitoyda konda yuz bergan portlashda 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: Sinxua

Xitoyning Chuntsin munitsipal okrugida ko‘mir konida gaz portlashi oqibatida kamida 15 konchi halok bo‘ldi, yana 18 konchi yer ostida qolmoqda. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda

Avvalroq 33 kishi yer ostida qolib ketgani ma'lum qilingandi.

Axborot agentligining ta'kidlashicha, portlash vaqtida yer ostida 35 konchi bo‘lgan, ulardan ikki nafari yuzaga chiqa olgan.   

Voqea joyida qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya ishlashda davom etmoqda. Chuntsindagi barcha konlarga ishlab chiqarishni to‘xtatish va xavfsizlikni tekshirish buyurildi. 

Mavzuga oid
Top