21:10 / 31.10.2016
13414

Kechki dayjest: 31 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 31 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Bishkekka otlangan O‘zbekiston delegatsiyasiga Rustam Azimov boshchilik qiladi

Foto: news.tj

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 2-3 noyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

>> Batafsil

 

O‘zbekistonlik olim Ozarboyjon Fanlar akademiyasi faxriy doktori bo‘ldi

25 oktabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘zbekistonlik tarixchi olim Shuhrat Barlosning “Turkestan i Yujnyy Kavkaz v XIX-XX vekax. Dashnaki ot Fergany do Karabaxa” hamda “Karabax: voyna idey” nomli kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

>> Batafsil

 

GM Uzbekistan va «O‘zavtosanoat» mijozlarning savollari bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhlar tashkil qildi

Foto: «12news.uz»

«O‘zavtosanoat» AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzildi. Kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bundan maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalariga bog‘liq bo‘lgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

>> Batafsil

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘zgardi

Foto: prokuratura.uz

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Erkabay Tadjiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi.

>> Batafsil

 

Moskva xiyobonlaridan biri O‘zbekiston birinchi Prezidenti sharafiga nomlanadi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonning Moskva shahri markazidagi konsulligi va mehmonxonasi yaqinida barpo etilgan xiyobonga O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi.

>> Batafsil

 

Amerikaning USS Carney esminetsi Qora dengizni tark etdi

© AFP 2016/ U.S. Navy/ Felix Garza

AQSh HDK USS Carney esminetsi Qora dengizda atigi olti kun bo‘lgach, zudlik bilan Bosfor bo‘g‘ozi orqali ortga qaytgan, deyiladi kemalarning bo‘g‘oz orqali harakatini kuzatib boruvchi turk portalining Twitter sahifasida. 

>> Batafsil

 

Qirg‘izistonda o‘tadigan ShHT hukumat rahbarlari kengashi oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Foto: forbes.kg

Qirg‘iziston ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi 31 oktabrdan kuchaytirilgan rejimda ish boshladi.

>> Batafsil

 

Italiyada zilzilalar davom etmoqda

Foto: Reuters

31 oktabrga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida yana 3 marta yer silkinishi ro‘y berdi.

>> Batafsil

 

Emomali Rahmon: Tojikiston qardosh O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini tiklamoqda

Foto: avesta.tj

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning bayonot berishicha, respublika qardosh O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

>> Batafsil

 

Livan parlamenti davlat rahbarini sayladi

Foto: EPA

Livan parlamenti davlat rahbari lavozimiga general Mishel Aunni sayladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

>> Batafsil

 

Trampning harbiy rejalari ma'lum qilindi

Foto: Globallookpress.com

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampning maslahatchilari agar nomzod saylovda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, u mamlakat mudofaasidagi muammolarni qanday hal etishini so‘zlab berishdi.

>> Batafsil

 

Iroq harbiylari Mo‘sulning sharqiy qismiga kirdi

Foto: Reuters

Iroq harbiylari Mo‘sul shahrining sharqiy qismida joylashgan Al-Karama tumaniga yetib bordi.

>> Batafsil

 

Toshkentda “Gazel” va Mercedes ishtirokida dahshatli avtohalokat sodir bo‘ldi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

28 oktabr erta tongda Toshkent shahri ko‘chalaridan birida yirik avtohalokat sodir bo‘ldi. «Samarqand Darvoza» savdo ko‘ngilochar majmuasi yaqinida yuz bergan baxtsiz hodisada qurbonlar bo‘lgan.

>> Batafsil

 

Olimlar millionlab mutant-chivinlarni tabiatga qo‘yib  yuborishmoqchi

Foto: Globallookpress.com

Braziliyalik olimlar har haftada bir necha million genetik jihatdan o‘zgartirilgan chivinni tabiatga qo‘yib yuborishmoqchi.

>> Batafsil

 

450 nafar evarasi bor 130 yashar ayol uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Foto: islam.ru

Turkiyaning Diyorbakir shahrida istiqomat qiluvchi Shaxi Tayyurak momoning hozirda 450 nafar evarasi bor. Uning 7 nafar farzandi bo‘lib, katta o‘g‘li 96 yoshda. Onaxonning aniq yoshi ma'lum emas.

>> Batafsil

 

Samsung smartfonlarida yangi muammo chiqdi

Foto: samsung-galaxy-s7.ru

Samsung kompaniyasining Galaxy S7 va S7 Edge hamda Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari egalarida muammo chiqdi.

>> Batafsil

 

O‘FF Vitaliy Denisov bilan tushuntirish ishlari olib bormoqda

Foto: «Interfutbol.uz»

O‘zbekiston terma jamoasi Vitaliy Denisov bilan bog‘liq holatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va futbolchining tvitter orqali yozgan fikri OAVda keng muhokama qilinayotganidan xavotirda ekanini bildiradi.

>> Batafsil

Mavzuga oid
Top