07:59 / 31.10.2016
5853

NASCAR poygasidan keyingi YTHda 22 kishi jabrlandi

Foto: Roger Wolfe

AQShning Virjiniya shtatidagi Martinsvill shahrida o‘tgan NASCAR poygasi bosqichidan keyin yuz bergan yo‘l-transport hodisasida kamida 22 kishi jabrlandi. 

Poyga tugagandan keyin arenadan chiqishdagi tirbandlikda turgan Chevrolet haydovchisi Jeep rusumidagi avtomobilni aylanib o‘tmoqchi bo‘lganda yo‘lovchilar orasiga kirib ketgan, deb xabar bermoqda USA Today.

Oqibatda 22 kishi jabrlangan, ulardan 9 nafari shifoxonaga yetkazilgan.

Ayni vaqtda YTH tergov qilinmoqda. Ta'kidlanishicha, qoidabuzar haydovchi mast holatda bo‘lmagan.
 

Mavzuga oid
Top