14:23 / 01.11.2016
12848

2016 yilning eng yaxshi ilovalari ma'lum bo‘ldi

Foto: LinkedIn

2016 yilning eng yaxshi mobil ilovalari ro‘yxati tuzib chiqildi. Time jurnali iOS va Android dasturlarida ishlashga mo‘ljallangan eng yaxshi mobil ilovalarni ma'lum qildi. Nashr hududlarga oid reyting tuzish o‘rniga shunchaki ro‘yxatning o‘zini chop etib qo‘ya qolgan. Time jurnaliga ko‘ra, ilovalarning har biri o‘ziga xos vazifalarni bajargani bois, ularni taqqoslash mushkul vazifa. 

Xususan, ushbu ro‘yxatga pul o‘tkazishga ixtisoslashgan Venmo ilovasi, xabarlarni yuborish bo‘yicha Messages ilovasi, Signal chat dasturi, Snapchat va WhatsApp messenjerlari, Pokémon Go va Super Stickman Golf 3 o‘yinlari, Spotify musiqiy xizmati kabilar kiritilgan.

Bundan tashqari, ro‘yxatda suratlarni qayta ishlash imkonini beruvchi Prisma dasturi,  Google Translate tarjimoni, musiqiy videolar xostingi Vevo, Reddit yangiliklar saytining ijtimoiy tarmog‘i, Pocket ilovalari ham bor. 

Mavzuga oid
Top