10:13 / 01.11.2016
9605

«Barselona» prezidenti jahonning eng zo‘r futbolchisi kimligi borasida fikr bildirdi

Foto: Eurosport.ru

Ispaniya «Barselona» futbol klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning fikricha, Lionel Messi nafaqat zamonaviy futbol, balki umuman futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchidir. 

«Messi — tarixdagi eng zo‘r o‘yinchi, bunga ishonchim komil. Men „Kamp Nou“da Maradona, Ronaldino, Kruiff kabi futbolchilarning o‘yinlarini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman. Ularning hech biri Messiga o‘xshamagan. 

Men uchun Leo — birinchi raqamli futbolchi, keyin — Neymar, uchinchi — Ronaldu. Undan so‘ng, Suares, Beyl, Buskets, Inesta, Grizmannlardir. Shunday ekan, dunyodagi eng zo‘r futbolchilar Primerada o‘ynaydi. APLda futbolchilar emas, murabbiylar yulduzlardir», — degan Bartomeu The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

Top