08:06 / 01.11.2016
6052

FIFA Jahon kubogi dizayneri 95 yoshida vafot etdi

Arxiv surat / NTV

Futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan terma jamoaga topshiriladigan FIFAning Jahon kubogi dizaynini yaratgan italiyalik haykaltarosh Silvio Gatstsanya 95 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri ma'lum qildi. 

"U uyqusida tinchgina omonatini topshirdi. U kechasi uxlagani ketgandi, ertalab esa nafas olmayotgan edi", deb aytdi uning o‘g‘li Jorj. 

Gatstsanya Milanning faxriy fuqarosi hisoblangan. U sport dunyosidagi ko‘plab sovrinlarning dizayni muallifi hisoblanadi.

FIFA Jahon kubogi 1974 yildan beri topshirib kelinadi. Bu sovrin Jyul Rime sovrini o‘rniga kelgan, Rime kubogi esa Braziliyaga 3 marta jahon chempioni bo‘lgandan keyin abadiy egalik qilishga topshirilgan.  
 

Mavzuga oid
Top