19:07 / 01.11.2016
5876

Iroq harbiylari Mo‘suldagi telemarkazni IShID jangarilaridan ozod etishdi

Foto: © AFP

Iroq harbiylari Mo‘sul sharqida joylashgan davlat teleradiokompaniyasining binosini IShID jangarilaridan ozod qildi. Bu haqda Iroq armiyasidagi manbaga asoslanib, "As-Sumariya" telekanali xabar bermoqda

OAV ma'lumotiga ko‘ra, telemarkaz Kokjali tumanida joylashgan. “Reyter” agentligining ma'lum qilishicha, bu Mo‘sulni ozod etish operatsiyasi boshlangandan beri IShID uchun o‘ta muhim binolardan biri hisoblangan.

Avvalroq mamlakat armiyasi uning aksilterror bo‘linmasi shaharning sharqida joylashgan Al-Karama tumaniga kirganligini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, Kokjali kvartali IShID jangarilaridan butkul tozalangani haqida ham xabar berilgan. 
 

Mavzuga oid
Top