10:49 / 01.11.2016
15327

YTHga uchragan texaslik mototsiklchining o‘limoldi videosi tarqaldi

Foto: Youtube/Knoxville News Sentinel

Texasdagi avtomobil yo‘lida avariyaga uchragan mototsiklchi Kevin Dipenbrok o‘lishini taxmin qilib, o‘z yaqinlari va do‘stlariga murojaat qilingan o‘limoldi videosini yozdi. Rolik Knoxville News Sentinel - YouTube-kanalida havola etildi.  

Besh kun ichida 700 ming martadan ortiq ko‘rilgan rolikda YTHdan keyin yerda yotgan Dipenbrok o‘zini telefondagi videoga oladi hamda yaqinlari va do‘stlari bilan vidolashadi. "Men shunchaki sizlarni sevishimni aytmoqchiman. Axmoqligim uchun meni kechiringlar, bilasizlar-ku, mening borim shu", - deydi u. 

Motosiklchi avariyadan bir kun o‘tgach topildi va shifoxonaga yetkazildi. U yerda Dipenbrokning 12 qovurg‘asi 17 joyidan singanligi aniqlandi, bundan tashqari, umurtqa pog‘onasi bir necha joyidan singan, shuningdek o‘pka sohasidan lat yegan. Yana bir mototsiklchi - uning do‘sti Filipp Polito YTHda halok bo‘lgan. 

Top