19:14 / 01.11.2016
3971

Qozog‘istonda doping uchun jinoiy javobgarlik kiritilishi mumkin

Qozog‘istonda sportchilar tomonidan taqiqlangan moddalarni iste'mol qilganlik uchun jazo kuchaytirilmoqchi. Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Saken Musaybekov doping qabul qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritishni taklif qildi. 

Avvalroq 2008 va 2012 yillardagi Olimpiadalarda olingan qon namunalari qayta tekshirilishi natijasida uch nafar qozog‘istonlik og‘ir atletikachilar – Svetlana Podobedova, Zulfiya Chinshanlo va Mayya Maneze medallardan mahrum etilgandilar.

"Biz hozir doping uchun jazoni kuchaytirish haqida o‘ylamoqdamiz. Buni parlamentda jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritish orqali qilishga urinmoqdamiz, ya'ni doping uchun javobgarlikni jinoiy jazolashgacha kuchaytirmoqchimiz", deb aytdi Musaybekov.

 

Mavzuga oid
Top